
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040 sonli qarorining 8-bandida hududlarda 2021-2023 yillarda bosqichma-bosqich "Ma'naviyat va ma'rifat maskani" larni barpo etish belgilab qo'yilgan.
Bugun Xiva tumanida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bo'limi rahbari o'rinbosari Z.Sherniyazov boshchiligida "Ma'naviyat va ma'rifat maskani" ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari A. Xudayarov, Xiva tuman maktabgacha va maktab talimi bo'limi boshlig'i S. Ramazanov hamda Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilar va ijodkor o'quvchilar qatnashdi.
Tashrif buyurganlar maskanda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mas'ullar bilan birgalikda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilash bo'yicha tashkil qilingan ishlarni o'rgandilar.