Xorazm viloyati, Xiva tumani Mustaqillik koʼchasi, 35-uy

blog
  • Maktablarga e'lonlar
  • 7-12-2023, 14:11

“Konstitutsiya haftaligi”

Har qanday davlatning yuzi, obro‘ - e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonundir. 
Joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirdi. 
Yangi Konstitutsiya O‘zbekistonning evolyusion rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo‘lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g‘oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘ldi.
Xiva tumanida “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan huquqiy targ‘ibot, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy hamda bayram tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari hamda aholi va yoshlar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir ishtirokchilarini tuman hokimi X.Matrasulov kirish so‘zi bilan tabrikladi. Tuman prokurori Sh.Abdalniyazoa Yangi Konstitutsiyamizning ustuvor prinsiplari haqida to‘xtalib o‘tdi. 
Tadbir jarayonida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusi rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Ma’rifiy tadbir jarayonida yoshlar tomonidan Bosh Qomusimizni tarannum etuvchi she’rlar, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tuman madaniyat bo‘limining xonandalari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar tadbirga bayramona kayfiyat baxsh etdi.
“Konstitutsiya haftaligi” tadbirlari tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva tumani Mustaqillik koʼchasi, 35-uy
  • +998 (97) 299-66-00
  • xiva_txtb@exat.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Февраль 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272829 

Yil dasturi

Maktab manzili